Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) harbiy kafedrasi 1955 yilda tashkil etilgan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari 1956 yil 1-sentabrdan boshlangan. Dastlab, umumharbiy tayyorgarlik dasturi bo'yicha kursantlar o'qitilgan. 1957 yildan boshlab, harbiy texnik tayyorgarlik darslari ham kiritilgan. 2001 yilgacha o'qish muddati 2 yil bo'lib, uchinchi va to'rtinchi kurs talabalari harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlariga qatnashgan. 2002 yildan boshlab, 2-kursni tamomlagan talabalar sinov asosida harbiy kafedraga qabul qilinib, bir yil davomida tayyorgarlikdan o'tadilar. O'quv yili oxirida bir oylik o'quv yig'ini tashkil etilib, talabalar qasamyod qabul qiladilar. Kafedra zamonaviy kompyuter sinflari, virtual trenajyorlar va axborot-huquqiy ta'minot mashg'ulotlari uchun maxsus xonalar bilan jihozlangan. Tayyorlovni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga bakalavr diplomi bilan birga "leytenant" harbiy unvoni beriladi.
0
ta o'quv kurslari
0
nafar tinglovchi
0
nafar xodim tahsil oldi
0
nafar harbiy organlari xodimlari
0
tinglovchi masofaviy o'quv kurslarida malaka oshirgan
0
nafar mustaqil izlanuvchi
0
ta tadqiqot
0
ta xorijiy ilmiy va ta'lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari